Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tez orada siyosiy boşpana berişni boşlaşga körsatma bergan. Bu uning 1 mart kungi «Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi farmonida belgilangan.
Farmonga köra, prezident devonida yangi taşkil etilgan Siyosiy-huquqiy masalalar xizmatiga qator vazifalar yuklangan.
«Özbekiston Respublikasi prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati 2 oy muddatda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 22-bandida körsatilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oşirişning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvçi Siyosiy boşpana beriş tartibi töğrisidagi nizomni işlab çiqsin va tasdiqlaş uçun kiritsin», deyilgan farmonda.
Ma'lumot uçun, Konstitutsiyaning 93-moddasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari belgilangan bölib, 22-bandga köra, u «Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boşpana berişga oid masalalarni hal etadi».

















