Toşkent şahridagi 115 ta çorrahaga video kuzatuv moslamalari tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun haydovçilarni jarimaga tortiş mexanizmi sinov tariqasida şu yil 15 mart kunidan boşlab işga tuşirildi. Joriy etilayotgan yangilikning asosiy maqsadi bu Toşkent şahri köçalarida yöl harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar yordamida ta'minlaşdan iboratdir.
Uşbu yangilik yöl harakati qatnaşçilarining yöl-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oşiriş, poytaxt köçalarining yuqori harakat jadalligi şaroitida yöl harakatini nazorat qiliş, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaş, qayd etiş hamda profilaktika qiliş işlarini takomillaştirişga qaratilgan. Buning uçun nazorat qilinadigan har bir obekt, ya'ni çorraha harakatni nazorat qiluvçi, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlovçi zamonaviy texnik vositalar, intellektual detektorlar, kontrollerlar, videokameralar bilan jihozlangan.
Buning natijasida svetoforlar iş faoliyati optimallaştiriladi, yöllarning ötkazuvçanlik qobiliyati oşiriladi. Transport vositalarining çorrahalar oldida töxtab turişi 20-25 foizga, transport vositalari dvigatellaridan çiqayotgan zaharli gazlar 5-10 foizga, yonilği sarfi 5-15 foizga kamayişi hisobiga şahardagi ekologik holat ança yaxşilanadi.
Yana şuni ham ta'kidlaş zarurki, hozirgi kunda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda transport vositalarining davlat raqam belgilarini yaşiradigan moslamalarni tarğib qilişmoqda. Şu munosabat bilan biz haydovçilarimizga bunday moslamalardan foydalanişga nisbatan köriladigan çoralar töğrisida eslatib, aynan şu yönalişda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartiriş töğrisida ma'lumot berişni lozim topdik.
Kodeksning 127-moddasi ikkinçi qismining dispozitsiyasiga kiritilgan özgartirişlarga köra, davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş ma'muriy javobgarlikka tortişga asos bölişi belgilab qöyildi. Şunday holatlar aniqlanganida Kodeksning 291-moddasiga asosan transport vositasi vaqtinçalik jarima maydoniga qöyiladi. Işni körib çiqiş jarayonida bunday qurilmalar musodara qilinib, fuqarolarga eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorida, mansabdor şaxslarga esa uç baravaridan beş baravarigaça miqdorida jarima solinadi.
Bu özgartiriş maxsus texnik vositalardan foydalanayotgan köplab davlatlarning tajribasidan foydalangan holda kiritildi. Ularning tajribasini örganiş jarayonida ayrim haydovçilar qoidabuzarlik uçun jazodan qoçiş maqsadida davlat raqam belgilarining ustiga turli xil polietilen aşyolarni yopiştirişi yoki har-xil kimyoviy vositalarni surtib olişi, har xil çipli qurilmalarni örnatişni kördik. Ana şunday holat bizda ham sodir bölmasligi uçun kodeksga şu özgartiriş kiritildi.

















