Şveytsariyada avtomobil davlat raqami rekord summaga xarid qilindi. Xabarlarga köra, Vale kantonida ötkazilgan kim oşdi savdosida fuqaro 158 ming dollar (160 ming frank) evaziga özi xohlagan raqamni sotib oldi, deb yozmoqda Local portali.

Kanton hokimiyati ma'lumotlariga köra, bu summa "barça taxminlardan oşib tuşgan", çunki uşbu mablağ Şveytsariya tarixida transport vositasi davlat raqami uçun tölangan eng yirik tölovdir.
Kim oşdi savdosi taşkilotçilari avtomobil davlat raqamlarini bir oy muqaddam 15 fevralda savdoga qöygan edi. VS 1 raqami 17 kişining e'tiborini tortgan, bu kuraşda Matrans laqabli mijoz yutib çiqqan. U Şveytsariyaning avvalgi rekordidan özgan. Avvalroq, noma'lum xaridor SG 1 raqami uçun 133 ming dollar (135 ming frank) tölagan.

















