2017 yilning 16 mart kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining (YeTTB) Özbekistonga taşrif buyurgan nufuzli delegatsiyasiga boşçilik qilayotgan YeTTB Prezidenti Suma Çakrabarti bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat çoğida Özbekiston va bank örtasidagi tölaqonli, konstruktiv ruhdagi va özaro manfaatli hamkorlikni qayta tiklaş nuqtai nazaridan munosabatlarni mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida 2017-2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beş ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi qoidalarini hamda mamlakatda keng kölamli islohotlar va çuqur özgarişlar amalga oşirişga yönaltirilgan boşqa qarorlarni hayotga tatbiq etişda YeTTB iştirokidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.















