Ma'lumki, 2017 yil 15 mart soat 00:00dan Toşkent şahrining 115ta çorrahasida örnatilgan kameralar belgilangan tartibda qoidabuzarliklarni qayd etişni boşlagani haqida avval xabar qilingan edi.
Özbekiston ijtimoiy tarmoqlarida esa 15 mart kuni soat 03:36da Qatortol-KXAY çorrahasida Kobalt rusumli avtomobil tomonidan qoidabuzarlik qayd etilgani va transport vositasining egasiga eng kam oylik iş haqining ikki baravari (299,550 söm) miqdorida jarima solinganiga doir fotosurat tarqaldi.
Unda qoidabuzarlik qayd etilgan holat böyiça Toşkent şahar IIBB YHXB inspektorining qaroriga köra, jarima solinganini köriş mumkin.
Jarima maktubida, şuningdek, avtomobil rusumi, davlat raqami qayerda qoida buziş sodir etilgani, avtomobil egasining ismi-şarifi, doimiy yaşaş manzili ham körsatilgan.

Kun.uz uşbu fotosurat böyiça Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmatiga murojaat qildi. Matbuot xizmatidagi manba suratning haqiqiyligini tasdiqladi.

















