Özbekiston prezidenti qaroriga köra ta'lim sohasida yangi tartiblar örnatiladi. Jumladan akademik litseylar bitiruvçilariga sertifikatlar beriladi.
«Akademik litseylar bitiruvçilariga aniq mutaxassisliklar böyiça bilim va könikmalar beriş közda tutilgan bölib, ta'lim jarayoni yakuniga yetganidan söng ularga davlat namunasidagi sertifikat beriladi», deyilgan «Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorda.
Qarorda ta'lim jarayoni sifatini oşiriş va akademik litseylar bitiruvçilarining oliy ta'lim muassasalarida öqişni davom ettirişi uçun alohida çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Unda:
akademik litsey öquvçilarining biriktirilgan oliy ta'lim muassasalari axborot-resurs markazlari va boşqa moddiy-texnik bazasidan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş;
har bir akademik litseyda öquvçilarning individual qobiliyatidan kelib çiqib, ilğor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari, öquvçilarning ijodiy va mustaqil izlanişlariga yönaltirilgan dasturlarni işlab çiqiş;
oliy ta'lim muassasalarining tajribali professor-öqituvçilarini akademik litseylarning pedagog kadrlariga patronaj sifatida biriktiriş;
oliy ta'lim muassasalari faoliyatiga baho berişda ular tomonidan ta'lim samaradorligini oşiriş böyiça akademik litseylar bilan hamkorlikda olib borilayotgan işlarga alohida e'tibor qaratiş nazarda tutilgan. Bu borada seminar-treninglar taşkil etiş, ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qiliş, xorijiy tillarni özlaştiriş, tajribali professor-öqituvçilar iştirokida doimiy mahorat darslarini ötkaziş, akademik litsey öqituvçilariga ilmiy-uslubiy yordam körsatiş böyiça olib borilayotgan işlarni baholaş mezonlarini işlab çiqiş kabi masalalar qamrab olingan.
Bundan taşqari, qarorda akademik litseylar negizida bosqiçma-bosqiç taşkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari uçun zarur ustaxonalarni barpo etiş va jihozlaş, şuningdek, soatbay asosida akademik litseylarda faoliyat körsatuvçi professor-öqituvçilarning oylik maoşini oşiriş uçun davlat byudjyetidan zarur mablağlar ajratilişi közda tutilgan.
















