2017 yilning 13-15 mart kunlari Moskva şahrida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi delegatsiyasi inventarizatsiya va ikki tomonlama munosabatlarning şartnoma-huquq bazasini mukammallaştiriş böyiça Özbekiston-Rossiya vazirliklararo maslahatlaşuvlarida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya delegatsiyasiga Taşqi işlar vazirligi MDH mamlakatlari uçinçi departamenti rahbari örinbosari Yevgeniy Terexin boşçilik qildi.
Ma'lumotlarga köra, maslahatlaşuvlar çoğida Özbekiston va Rossiya tomonlaridan körib çiqilayotgan va bölajak oliy darajadagi uçraşuvda imzolanişi rejalaştirilayotgan hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.
















