Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Suma Çakrabarti boşçiligidagi delegatsiya a'zolari mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari S.Safoyev bilan uçraşuvda Özbekiston bilan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari haqida söz yuritildi. 

YeTTB vakillariga Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi haqida ma'lumot berildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani ta'kidlandi. 

Suma Çakrabarti Özbekistonning Markaziy Osiyoda tutgan örni juda muhimligini, özaro hamkorlikni rivojlantirişning yangi sahifasi oçilganidan ğoyat mamnun ekanini alohida ta'kidladi. 

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Prezidenti Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov bilan uçraşdi. Unda Özbekiston hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki özaro hamkorlikni mustahkamlaş va har tomonlama rivojlantirişdan manfaatdor ekani ta'kidlandi. 

S.Çakrabarti Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarda, iqtisodiyotning turli sohalariga sarmoya jalb etişda faol iştirok etiş istagini bildirdi. 

Hamkorlikda metallurgiya, maşinasozlik, töqimaçilik, quriliş materiallari işlab çiqariş, infratuzilma, sarmoya, sanoat, transport va transport kommunikatsiyalari kabi sohalarda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan qator loyihalar xususida söz yuritildi. 

Uçraşuv yakunida Özbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasida hamkorlikka oid Anglaşuv memorandumi va Özbekiston Respublikasi bilan YeTTB örtasida Markaziy Osiyo uçun ekologiyani qayta tiklaş böyiça amaliy tadbir ötkaziş töğrisida hadli bitim imzolandi. 

Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligida ötgan uçraşuvda mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlayotgani, keyingi yillarda yalpi içki mahsulot ösişi 8 foizdan yuqori bölib kelayotgani ta'kidlandi. 

Davlat byudjyeti yalpi içki mahsulotga nisbatan profitsit bilan bajarilmoqda. Taşqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta'minlanayotir. Iqtisodiyotga yönaltirilayotgan investitsiyalar hajmi har yili qariyb 10 foiz ösmoqda.