15 mart kuni Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Suma Çakrabarti boşçiligidagi delegatsiya a'zolari Özbekistonning qator vazirlik va idoralarida uçraşuvlar ötkazdi. 

Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligida ötgan uçraşuvda YeTTB delegatsiyasiga 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş, iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş, uning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya qiliş, xususiy mulk himoyasini kuçaytiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, investitsiyaviy muhitni yaxşilaş borasida belgilangan çora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi. 

Mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlayotgani, keyingi yillarda yalpi içki mahsulot ösişi 8 foizdan yuqori bölib kelayotgani ta'kidlandi.

Şuningdek, davlat byudjyeti yalpi içki mahsulotga nisbatan profitsit bilan bajarilayotgani, taşqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta'minlanayotgani va iqtisodiyotga yönaltirilayotgan investitsiyalar hajmi har yili qariyb 10 foiz ösayotgani bildirildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik dasturi asosida iş boşlaş böyiça kelişuvga erişildi.