Toşkent şahrining 115ta çorrahasiga örnatilgan kameralar 2017 yil 15 martidan qoidabuzarliklarni qayd etib, ular böyiça jarimalar soliş amaliyoti joriy qilindi. 16 mart kuni Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida uşbu jarayonga doir ayrim masalalarga oydinlik kiritildi.

Xususan, kameralarda töxtaş çiziqlari noaniq yoki yaxşi körinmaydigan joylardagi qoidabuzarliklar qayd etilganda, ularning ayrimlariga jarima yozilmaydi. Masalan, svetoforning taqiqlovçi çiroğida çorrahani kesib ötgan yoki belgilangan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlangan transport vositalari egalariga jarima solinadi. Şu bilan birga, svetoforning taqiqlovçi çiroğida töxtaş çiziği oldida qoidaga muvofiq töxtab, ammo e'tiborsizlik bilan transport vositasini asta-sekinlik bilan harakatlantirib, töxtaş çiziğini bosgan avtomobillar egalariga ham svetoforning taqiqlovçi çiroğida ötganlik qoidabuzarligi böyiça jarima solinadi. 

Biroq, svetoforning yaşil çiroğida töxtaş çiziğini bosgan, ammo taqiqlovçi çiroq yonib qolgani bois, çorrahani kesib ötiş harakatini davom ettira olmagan haydovçilarga jarima solinmaydi. Bunda ular piyodalar ötiş çiziğini bosgan yoki uning ustida töxtagan bölsa, mazkur çiziqni oldinga harakatlaniş bilan böşatadi va svetoforning yaşil çiroğini kutadi. Mazkur holat böyiça ma'muriy bayonnoma tuzilmaydi.