Özbekiston va Qozoğiston temir yöl kompaniyalari ikki mamlakatning yirik şaharlari hisoblanuvçi Toşkent va Olmaota örtasida yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd qatnovini yölga qöyişga kelişib oldi. Kompaniyalar, şuningdek, imkoniyati çeklangan va ularga hamrohlik qilayotganlarga çipta narxi borasida ikki tomonlama 70 foizlik çegirma taqdim etişga qaror qilişgan.
«Özbekiston temir yöllari» AJ va «Qozoğiston temir yöllari milliy kompaniyasi» AJ rahbariyatlarining uçraşuvi Toşkent şahrida bölib ötdi. Unda qöl yuklari va yuklarni taşiş tartibi hamda №1/2 "Olmaota – Toşkent – Olmaota" yönalişi böyiça qatnovçi yölovçi poyezdining reys jadvaliga oydinlik kiritildi. Bu haqda «Qozoğiston temir yöllari milliy kompaniyasi» matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Navröz bayrami arafasida №1/2 "Olmaota – Toşkent – Olmaota" yönalişida xalqaro poyezd qatnovi amalga oşiriladi. U keng kuzovli "Tulpor-Talgo" vagonlaridan taşkil topgan. Poyezd Olmaotadan duşanba va şanba kunlari yölga çiqadi va 16 yarim soatdan söng Toşkentga yetib keladi. Özbekiston poytaxtidan seşanba va yakşanba kunlari Qozoğistonga yöl oladi. U qatnov yölida Ötar, Çu, Taroz, Çimkent, Sarioğoç va Toşkent stansiyalarida töxtaydi", - deya ma'lum qilgan kompaniya.

















