Toşkent şahrida xorijiy valyutani noqonuniy xarid qiliş va sotiş amaliyoti bilan şuğullanuvçilarga qarşi ötkazilgan maxsus amaliyot töğrisidagi xabarlarga birmunça oydinlik kirituvçi ma'lumotlar paydo böldi.

Foto: Toşkentda “qora bozor” sarroflariga qarşi maxsus tadbir taşkil etildi

Unga köra, Özbekiston Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK Departamentining Olmazor tumani bölimi xodimlari tomonidan Olmazor tumani, Sağbon köçasi 2-berk köçasi, .. - uyda uyuşgan guruhga birlaşib, noqonuniy ravişda çet el valyutasi savdosi bilan şuğullanib kelayotgan H.A., H.A. va ularning boşqa şeriklarini jinoiy faoliyatiga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir ötkazilgan. H.A. va H.A.larning “Akbar” ismli jinoiy şerigi fuqaro R.M.H.ga 6,369 AQŞ dollarini “qora bozor” kursida 7850 sömdan hisoblab, jami 50 mln sömga sotgan vaqtda Departamentning Olmazor tuman bölimi xodimlari tomonidan xolislar iştirokida tekşiruv e'lon qilingan.  

Ma'lumot uçun aytiş mumkinki, H.A.A. (06.07.1976 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi) xalq orasidagi miş-mişlarga köra, Özbekiston “qora bozori”dagi eng yirik sarrof (valyuta ayirboşlovçi) hisoblanadi. U şeriklari T.J.I. va Ş.Ş.A. va boşqa noma'lum şaxslar bilan Departament xodimlariga faol qarşilik körsatib, ularning hayoti uçun xavfli bölgan zörlik işlatişgan. 

Internetda paydo bölgan hujjat suratiga köra, gumonlanuvçilar tadbirda işlatilgan 50 mln söm pul va özlari noqonuniy ravişda sotgan 6 ming 369 AQŞ dollarini bosqinçilik yöli bilan egallab oliş maqsadida Departament xodimlarini qöl va va oyoqlari bilan urib, tepkilaşib, xonadonda bölgan turli jismlar bilan ularning boş, kökrak va tanasining turli sohalariga köplab tan jarohatlari yetkazişib, jinoiy faoliyat natijasida qölga kiritgan juda köp miqdordagi çet el va milliy valyutadagi pul mablağlari bilan birga voqea joyidan yaşirinişgan. 

Ular, tibbiy xulosaga binoan, Departamentning Olmazor tuman bölim boşliği örinbosari M.R.O., Departamentning Olmazor tuman bölimi inspektori T.A.A., xolis guvohlar N.U.M. va M.J.Rlarga turli darajada oğir tan jarohatlari yetkazişgan.

Şu munosabat bilan, 15.03.2017 yilda Olmazor tuman prokurori tomonidan JKning 164-moddasi 4-qismi “v” bandi, 177-moddasi 3-qismi “b” bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Yuqoridagi uç nafar şaxs gumonlanuvçi sifatida uşlangan.