Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler Yevropada populizmga qarşi kuraşiş maqsadida Global özgarişlar institutini taşkil etdi, deb yozmoqda Guardian naşri.
Gazetaning yozişiça, Bler asos solgan institut faqatgina ilmiy-tadqiqot markazi bölibgina qolmay, "siyosatdagi böşliqlarni töldiriş uçun siyosiy maydondir". Uning maqsadi — dunyoning eng yaxşi siyosatçilarini populizmga qarşi strategiyalar va siyosiy yönalişlar bilan ta'minlaşdan iborat. Ta'kidlanişiça, sönggi vaqtlarda, globallaşuvning oqibatlariga madaniy va iqtisodiy qarşilik sifatida populizm kuçayib borayapti.
"Yevropaning turli hududlarida liberal demokratiyaga nisbatan befarqlik şakllanmoqda. Bu juda ham taşvişli holatdir, masalan, Fransiya yoşlarining kamida 1/3 qismi demokratiya — boşqaruvning eng yaxşi şakli ekaniga şubha qilişadi", — degan Bler naşrga.
Sobiq boş vazirning aytişiça, Global özgarişlar institutini "zarurat borligini" his qilgani uçun taşkil etgan. Şu bilan birga, Bler bu yangi partiyaning deboçasi emasligiga aniqlik kiritgan.
Populizm – ayrim siyosatçilarning xalqqa yoqadigan sözlarni aytişi, balandparvoz va'dalarni berişi, ammo amalda heç narsani özgartirmasligini anglatadi.

















