Finlyandiyalik rejissyor Yan Freydman Mars yuzasi suratlarini tört daqiqali videoda birlaştirdi. Rolikka Wired naşri e'tibor qaratdi.

Freyman Mars Reconnaissance Orbiter sayyoralararo stansiyasi bortidagi HiRISE kamerasi yordamida olingan kadrlardan foydalandi. U 12 yil davomida 50 mingdan ortiq fotosuratni olgan, ularning bir qismi erkin foydalanişda. Suratlarni tomoşa qiliş uçun 3D-közoynaklar kerak.

Rejissyorning tan olişiça, video montaj jarayoni haqiqiy boşqotirmaga aylangan. U avvaliga fotosuratlarga rang berdi (HiRISE kamerasi tasvirlarni kölrangda oladi). Keyinçalik Freydman kadrlarni ketma-ketlikda joylab çiqdi. U işga uç oydan ortiq vaqt sarfladi.

«Bu juda sekin jarayon böldi. Marsda ajoyib yerlar juda köp. Qançalik uzoq vaqt işlaganim sayin, bu sayyora juda gözal ekaniga şunçalik köp işonç hosil qilmoqdaman», - deydi Freydman.