Germaniyada boşpana topişni istagan köplab qoçqinlarning farzandlari hanuzgaça xavfsiz bölmagan yerlarda yaşaşiga töğri kelmoqda. Ularning ayrimlari ta'lim va qoniqarli tibbiy yordam olmaydi. Bu haqida   YUNISEF 21 mart kuni e'lon qilingan tadqiqoti bayonotida ma'lum qildi.

YUNISEF tadqiqoti doirasida 2015 yildan buyon Germaniyada qoçqin sifatida kun körayotgan 350 ming bolalar va ösmirlar hayoti örganildi. Ularning köp qismi oylab va yillab zöravonlik, qonunbuzarlikning guvohiga aylanadigan qörqinçli maskanlarda  yaşab kelmoqda.  
Bolalarning uçdan bir qisminigina maktab va boğçaga borişga imkoni bor. Ularning tibbiy yordam olişga huquqi bölsa-da, surunkali kasalliklar va psixologik muammolar yuzaga kelgan holatlarda ularga nemis bolalari kabi doimiy tibbiy nazorat körsatilmaydi, deb xabar beradi YUNISEF.

«Öz ona yurtini yöqotgan bolalar zudlik bilan normal hayotga qaytişi lozim», — deydi YUNISEF-Germaniya direktori Kristyan Şnayder. «Bolalar, avvalambor, bolalar, qoçqin yoki muhojirlar emas», — deya qöşimça qildi u.