Özgidrometerologiya markazining xabar berişiça, 1–4 aprel kunlari respublikamizda havoning keskin özgarişi, qorga aylanuvçi yomğir yoğişi, şamolning tezligi sekundiga 17–22 metrga yetişi kutilmoqda.

REGNUM axborot agentligi ma'lumotlariga köra, aprel oyining boşida kutilayotgan ayoz, yomğir va kuçli şamol gilos, örik va şaftoli kabi mevalarning hosiliga salbiy ta'sir qilişi mumkin. Ayni paytda yurtimizda bu daraxtlar gullamoqda.

Ekspertlarning fikriça, bunday sovuqning kutilmaganda qaytişi boğ va tomorqalardagi gullayotgan va tugunça yozayotgan köplab nabobot turlari hosilining nobud bölişiga sabab bölişi mumkin. Sabzavot va mevalar uçun havo haroratining –5... –9 darajaga tuşişi ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Kaşniç, sabzi, selderey, piyoz, şivit va ismaloq ekkanlar xotirjam bölişlari mumkin — ular sovuqqa çidamli ösimliklar hisoblanadi va –8... –10 daraja sovuqqa ham çidaydi. Talofat körişi mumkin bölgan ösimliklar içida pomidor, bodring, baqlajon va qalampir kabi ösimliklar bor. Ular issiqxonada ekilgan bölsa ham, me'yordagi harorat rejimini saqlaş, keskin özgarişlardan himoyalaş kerak. Yengil minus (–2... –3 daraja) ularni nobud qilmaydi, lekin rivojlanişini bir neça hafta ortga surişi mumkin. Gilos, olma va boşqa danakli mevalarning –4 daraja sovuqda puştasi tökiladi, gullayotgan paytida –2 daraja sovuq ursa ham tugunçasi nobud böladi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Özbekistonda yiliga 17 million tonna meva-sabzovot mahsulotlari yetiştiriladi, ularning 4 million tonnadan ortiği eksport qilinadi. Ya'ni, respublikamizda yetiştirilayotgan meva-sabzovotlar miqdori nafaqat içki bozorni töliq ta'minlaş, balki yuqori sifatli mahsulotlarni xorijga yetkazişga ham yetadi.

Ötgan yilning noyabr oyida ötkazilgan I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Özbekiston 1 mlrd. AQŞ dollaridan ortiq summaga 355 ta şartnoma imzolagan edi. Uşbu şartnomalarga köra, Özbekiston 1 mln. 421 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. "Özagroeksport" ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Özbekiston meva-sabzavot mahsulotlari yalpi eksportini 2016 yildagiga nisbatan 1,55 martaga oşirib, 1,27 mln. tonnaga yetkazişni rejalaştirgan. Kompaniya mutaxassislarning baholaşiça, eksport umiymiy hajmining 60 foizi Rossiya Federatsiyasiga töğri keladi. Bundan taşqari, Özbekiston joriy yilda Qozoğistonga yetkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari uluşini 23 foizga oşirib — 410 mln. AQŞ dollari qiymatida 560 ming tonnaga yetkazişni maqsad qilgan.