Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik böyiça maxsus vakili Mixail Şvidkoy Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatiga yuqori baho berdi, deb xabar bermoqda Respublika Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Moskvalik mehmon Toşkentda ikkita uçraşuv ötkazdi. Avvaliga Mixail Şvidkoy Özbekiston madaniyat vaziri Mahmud Muratov bilan uçraşdi. Tomonlar madaniyat va san'at sohalardagi hamkorlikni faollaştiriş böyiça özaro fikr almaşdilar.
Uçraşuvda Şvidkoy Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatiga yuqori baho berdi. U şuningdek Özbekiston va Rossiya hududlarida qöşma madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilayotganini qayd etdi. Tomonlar yaqin kelajakda madaniy-gumanitar munosabatlarni yanada yaxşilaşga kelişib olişdi.
Şu kunning özida Putinning maxsus vakilini Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Tomonlar madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini Özbekiston va Rossiya örtasida dinamik rivojlanayotgan aloqalarning muhim qismi sifatida muhokama qilişdi.
Şu nuqtai nazardan ta'kidlanganidek, A.S.Puşkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyida Özbekiston Milliy muzeyi jamğarmasining katta miqdordagi rassomçilik va grafika asarlari, arxeologiya topilmalari va amaliy san'at işlari taqdim etiluvçi bölajak “Şarq xazinasi” nomli keng miqyosli körgazma, şubhasiz, Özbekiston-Rossiya munosabatlarida hamda Moskva madaniy hayotida timsoliy voqeaga aylanadi.
Xabarda aytilişiça, suhbat davomida özaro manfaatli bölgan boşqa masalalar ham körib çiqilgan.

















