Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 27 mart kuni keyingi haftadan mamlakatda valyuta ayirboşlaşning yangi tizimi kiritilişini e'lon qildi. Bu tizim Venesuela pul birligi – bolivarni konvertatsiya qilişga imkon beradi.
Venesuelada bolivarning dollarga nisbatan bir neçta kursi amal qiladi: bir dollar rasmiy fiksirlangan kurs DIPRO böyiça 10 bolivarni, DICOM tizimi böyiça 706 bolivarni, "qora bozor"da esa 3 ming bolivarni taşkil qiladi.
"Valyuta sotiş böyiça auksionlar har hafta ikki martadan ötkaziladi va men xususiy biznesdan bunda yordam berişni, bu yerga öz kapitalini olib kelib, investitsiyalaşni sörayman. Bu bolivarni konvertatsiyalanuvçi qiladi", deb aytdi Maduro Expo Venezuela Potencia körgazmasi yopilişida.
Uning aytişiça, yangi tizimdan barça korxonalar va fuqarolar foydalana oladilar. "Bu valyutamiz qiymatini barqarorlaştirişga, Mayamidan jinoiy dollar tizimini yengişga imkon beradi, bu mamlakat rivojlanişi uçun konvertatsiyalanuvçi valyutaga yöl oçadi", deb aytgan Maduro.

















