Islandiya prezidenti Gvyudni Youxannesson Xalqaro Arktika forumida çiqiş qilib, okean muammosini hal etişga çaqirdi. 

«Bugungi kunda har yili okeanga 8 mln. tonnadan ortiq plastik taşlanmoqda, hamda bu raqam faqatgina ortmoqda. 2050 yilda okeanda plastik çiqindilar baliqlardan ham köproq bölişi mumkin», - dedi u.

Ma'lumot uçun, Xalqaro Arktika forumi Rossiyaning Arxangelsk şahrida 29-30 mart kunlari ötkazilmoqda.