Toşkent IIBB Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi haydovçilar çorrahalardagi kameralar qayd etgan yöl harakati qoidalarining buzilgani töğrisida ma'lumot olişi mumkin bölgan maxsus saytni işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda bugun taşkil qilingan brifing vaqtida boşqarma inspektori Alişer Abduqodirov ma'lum qilgan.

«Haydovçilar saytda şaxsiy kabinet oçişi mumkin böladi. Buning uçun pasport ma'lumotlari hamda mobil telefon raqami kiritilişi talab etiladi. Şaxsiy kabinetda haydovçi özining qanday turdagi qoida buzgani va unga belgilangan jarima haqida bilib olişi mumkin böladi», — degan u jurnalistlarga.

Uşbu sayt qaçondan iş boşlaşi aniq emas, uning oçilişi yaqin oylarga möljallangan.

Qayd qilingan kadrlarning poçta orqali yuborilayotgan oq-qora fotosuratlardan farqli ravişda rangli bölişi kutilmoqda.

Bugungi kunda şahardagi 115ta çorrahaga örnatilgan kameralar, avvalgidek, odatdagi tartibda işlab turibdi va qoidabuzarliklarni qayd etmoqda.