Olimlar qöl uvişişning eng keng tarqalgan sabablarini ma'lum qilişdi. Qöllarning notöğri holatda qolişi har doim ham ularning uvişişiga sabab bölavermaydi. "Ortodoks" tibbiy portali mutaxassislarning qöl uvişiş sabablari haqidagi ma'lumotini taqdim etdi. 

Olimlarning ta'kidlaşiça, qöl uvişişiga birinçi sabab - böyin osteoxondrozi - u qöl uvişişidan taşqari yana boş oğriği va koordinatsiyaning buzilişiga ham olib keladi. Ikkinçi sabab sifatida tunnel sindromi keltirilgan - u doimo bir xil qöl mehnati bilan şuğullanadigan kişilar: tikuvçilar, musiqaçilar va dasturçilarda uçraydi. Şuningdek qöllarning uvişişi parişonxotirlik belgisi ham bölişi mumkin.

Bundan taşqari, vena trombozi, qandli diabet, kamqonlik hamda yelka böğimlari nevralgiyasi va yalliğlaniş kabi kasalliklar ham qöllar uvişişiga sabab böladi. 

Eng xavfli asorat sifatida esa falaj tan olingan. Uning belgilari (qöllar uvişişi, fikrlar tarqoqligi, köriş qobiliyati va koordinatsiyaning buzilişi) paydo bölişi bilanoq ikkilanmay tez tibbiy yordam çaqiriş tavsiya etiladi.