Ominaxon Saidovaning (ism-familiyalar özgartirilgan) oşiği olçi edi. Yetti yildan buyon şifokorlikdan taşqari, pedagogik faoliyat bilan ham şuğullanib keladi. Tibbiyot kollejida dars berib qolmay, öquv işlari böyiça direktori örinbosari lavozimida işlayotgandi. U 2014 yilda öz xususiy klinikasini ham ta'sis etgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Maxfiratxon 9-sinfni bitirib, hamşiralikka öqişni ixtiyor qilgan jiyani Dilşodaning iltimosiga köra, hujjatlarni qabul qiliş tartibini suriştiriş niyatida kollejga bordi va qariyb ön beş yildan buyon biladigan tanişini uçratib qoldi. Ominaxon uni kabinetiga boşlab kirdi. Maxfiratxon tartib-qoida bilan qiziqqanida esa ovozini pastlatib, qöli bilan öqişga kirişning bahosi beş yuz dollar ekanini körsatdi. Şunça bersa, jiyanini öqişga kiritib qöyişini, bundan kamiga kollejga kira olmasligini uqtirdi.
- Tölovni qaçon qiliş kerak?
- Jiyaningiz hujjatlarni topşiraversin, tölovni xususiy klinikamda berasiz. Agar özim bölmasam, qölimda işlaydigan singlim Donoxonga berib qöying, - deya O.Saidova qöl telefoni raqamini yozib beradi.
Maxfiratxon tanişining talabi heç qanday qonun-qoidaga siğmasligini öylab, xunobi oşdi. Oxiri bir qarorga keldi. Ertasi kuni soat kunduzgi törtlarda kollej direktorining örinbosariga qönğiroq qildi:
- Beş yuz dollar topib qöydim, qayerga boray?
- Xususiy klinikamdaman, kelavering.
Maxfiratxon u bilan klinikaning ikkinçi qavatidagi muolajaxonada körişdi.
- Pul bilan jiyanimning “metrikasi”ni ham olib keldim.
O.Saidova uni taşqariga boşlab çiqdi va qölida işlaydigan hamşiraga “Manavini olib qöy. Sanab ol, pullar senda tursin”, deb tayinladi. M.Hamidovaning arizasi böyiça ötkazilgan tadbirda pora tama qilgan direktor örinbosarining qilmişi foş etildi. 500 AQŞ dollari esa aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olindi.
Sudda O.Saidova aybiga iqror bölmasa-da, tanişining jiyanini öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, 500 AQŞ dollari miqdorida pora talab qilgan xolis va guvohlarning körsatmalari, dalillar bilan tasdiqlandi. Kollejning sobiq direktor örinbosariga bir yil mobaynida mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum etgan holda axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.

















