Rossiyaning «Rostex» davlat korporatsiyasi Özbekiston bilan hamkorlikda respublika maşinasozlik korxonalari ehtiyojlari uçun keng qamrovli mahsulotlar va asbob-uskunalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalarni taşkil etadi. Tomonlar, şuningdek, avtomobilsozlik korxonalarining sanoat kooperatsiyasi doirasida, Özbekiston hududida havo qatnovini avtomatlaştirilgan holda boşqariş, gazturbinali va gaz qazib oluvçi uskunalarni yetkazib beriş va ta'mirlaş loyihalarini amalga oşirişda iştirok etişni körib çiqmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga uyuştirgan davlat taşrifi çoğida şunday kelişuvlarga erişilgan. Mazkur taşrif doirasida «Rostex» boş direktori Sergey Çemezov va Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ğaniyev özaro anglaşuv memorandumini imzolaşdi.
Bundan taşqari, «Rostex» Özbekiston bilan hamkorlikning boşqa istiqbolli yönalişlarida ham iştirok etişni rejalaştirmoqda. Xususan, Özbekiston temir yöllari ehtiyojlari uçun Uralvagonzavodning 1520 mmdagi ğildiraklar juftligining öqlarini hamda butlovçi qismlarini işlab çiqariş közda tutilgan. Toğ-kon sanoatida «Uzoq» mis koni negizida toğ-kon majmuasini barpo qiliş şular jumlasidan.
«Rostex» — 2007 yilda taşkil etilgan Rossiya davlat korporatsiyasi bölib, fuqarolik va harbiy ahamiyatga molik yuqori texnologiyali mahsulotlarni barpo qiliş, işlab çiqariş va eksport qilişga ixtisoslaşgan. Uning tarkibiga 700dan ortiq taşkilot kiradi.

















