Özbekiston IIV va vazirlikning barça idoralari xodimlari, endilikda, xorij kinolarida körganimiz kabi, ehtiyoj bölganida fuqarolarning transport vositalaridan foydalanişlari mumkin. Bu Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. Uşbu holat içki işlar xizmatini tartibga soluvçi qonunning 20-moddasida belgilab qöyilgan.

Bundan taşqari, ma'lum bir hududda yoki turar joy binosida, xonadonda jinoyatçi borligi aniqlanib, uning hatti-harakati atrofdagilarga xavf soladi, deb xulosa qilinsa, yoxud biror hodisa tufayli hududga mas'ul içki işlar bölimi rahbarining oğzaki yoki yozma buyruği bilan öşa joy örab olinişi mumkin.
Şu bilan birga, ma'lum qilinişiça, qonunda içki işlar boşqarmalari Özbekiston hududidagi barça OAVlari xizmatidan bepul foydalaniş huquqiga egaligi qayd etilgan.
IIBB vakilining sözlariga köra, ayni vaqtda içki işlar xizmatiga doir qonunga binoan qonunosti hujjatlari işlab çiqilmoqda.
















