Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov «dunyo yetakçiligini örnatişni istagan jahon liberal-monetar tödasining qattiq bosimi şaroitida» mamlakatni rivojlantirişning öz modelini işlab çiqib, hayotga tatbiq eta oldi. Siyosatşunos Baxtiyor Ergaşev şunday fikrni bildirmoqda.
«Mustaqil Özbekiston asosçisi Islom Abduğaniyeviç Karimov – dunyoda öz hokimiyatini örnatişni istagan liberal-monetar tödalarning oğir bosimi şaroitida Özbekistonning öz rivojlaniş modelini işlab çiqib, uni hayotga tatbiq eta olgan kişidir. Bu model Vaşington kelişuvi liberal tavsiyalarining eskirgan töplamiga qarşi turdi», – deb yozgan Ergaşev Facebook sahifasida.
Uning aytişiça, Karimovga mamlakat yetakçisi sifatida «bu modelni şakllantiriş uçun ulkan aqliy salohiyat talab etilgan». Davlat arbobining jasurligi «öz taraqqiyot strategiyasi, pragmatik taşqi siyosatiga ega zamonaviy Özbekistonni barpo etişda qöl keldi».
Şu bilan Özbekiston «Markaziy Osiyo va uning atrofida biror iş qilmoqçi bölganlar hisoblaşadigan» davlatga aylandi, - deb hisoblaydi siyosatçi.
Baxtiyor Ergaşev, şuningdek, Islom Karimov vafotidan söng, unga yodgorlik örnatişga qaror qilinganini yodga olar ekan, bu borada haykallar namunalari böyiça oçiq tanlov ötkazilayotganini ma'qullagan.
«Biroq, - deb yozadi Ergaşev, - saytda va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan va tanlovda iştirok etayotgan yodgorliklar maketlarining suratlariga qarar ekanman, ularning heç biri Islom Karimov şaxsiyatini töla aks ettira olmaganiga amin bölaman».
U bu tanlovda Amir Temur xiyobonidagi haykal mualliflari – haykaltaroşlar Ilhom Jabborov va Kamol Jabborovlarning iştirok etişini maqsadga muvofiq bölar edi, deb hisoblaşini ma'lum qilgan.

















