Toşkent şahri Yaşnobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilişiça, bu lavozimga Dilmurod Turdiyev Rahmatjonoviç tayinlangan.
Turdiyev bungaça Iqtisodiyot vaziri örinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Foto: REDNews
Turdiyev Dilmurod 1996 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U turli yillarda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari böyiça birinçi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Demografiya, ijtimoiy sohani va mintaqalarni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Yaşnobod tumanining avvalgi hokimi Hakimov Farrux Erkinoviçning keyingi faoliyati haqida hozirça ma'lumot yöq.
Toşkent şahri hokimiyatidagi manbaning bildirişiça, yana boşqa tumanlarda rahbarlar özgarişi kutilmoqda.
Davlat qömitasidan tumanga. Çilonzorga yangi hokim tayinlandi
















