Erkin kuraşçi Artur Taymazov Xalqaro olimpiya qömitasining uni 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi oltin medalidan mahrum qiliş böyiça qaroriga qarşi Sport arbitraj sudiga (SAS) apellyatsiya yubordi. Bu haqda sud rasmiy saytidagi relizda aytiladi.
2017 yilning 31 mart kuni Xalqaro olimpiya qömitasi Taymazovni uning doping-namunalarida turinabol va stanozolol kabi taqiqlangan moddalar topilgani tufayli oltin medaldan mahrum qiliş haqida qaror çiqardi. Sport arbitraj sudiga qilgan murojaatida sportçi XOQ qarori bekor qilinişini talab qilgan.
Taymazov 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida vazni 120 kilogramgaça bölgan kuraşçilar örtasidagi final bahsida rossiyalik sportçi Baxtiyor Ahmedovni mağlub etgandi. Avvalroq XOQ matbuot xizmati Taymazov medalni qaytarib berganidan söng aynan Ahmedov Pekin Olimpiadasi oltin medali egasiga aylanişini ta'kidlab ötdi.
Artur Taymazov: “Medallarimni har doim halol kuraş bilan qölga kiritganman”

















