Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi reyslardan biridan majburan tuşirib yuborilgan şifokor Devid Dao bilan kelişuvga erişdi. Bu haqda "Reyter" agentligi yölovçi advokatiga asosan xabar bermoqda.

Aviakompaniya kelişuvga kelingani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi, biroq tovon puli qança ekaniga oydinlik kiritmadi.

Eslatib ötamiz, United Airlines aviakompaniyasi reysidagi hodisa 9 aprel kuni Çikago aeroportida yuz berdi. Öşanda uç yölovçidan aviakompaniya xodimlari uçun joyni böşatib beriş talab qilindi. Bu holat overbuking sabab yuz bergan (samolyotda bor bölgan joyga qaraganda köproq çiptalar sotilişi bilan boğliq vaziyat). Yölovçilardan biri - Devid Dao samolyotni tark etişdan boş tortgaç, xavfsizlik xizmati xodimlari uni laynerdan kuç işlatgan holda olib çiqib ketişdi hamda unga turli jarohatlar yetkazişdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi minglab kişilar Dao bilan boğliq vaziyatdan darğazab bölişdi va aviataşuvçining xatti-harakatini keskin qoralaşdi. United Airlines bu va qator boşqa şunga öxşaş hodisalardan söng öz siyosati özgarişi haqida e'lon qildi.

AQŞ reysi yölovçisiga nisbatan kuç işlatildi

AQŞda yölovçini reysdan majburlab tuşirib yuborgan politsiyaçi çetlatildi

United Airlines yölovçi bilan boğliq mojaro sababli 800 mln dollar yöqotdi

United Airlines rahbari yölovçilar bilan boğliq mojarolar sababli jazolanadi