Tahririyatga öqituvçilarning bugungi kunda qanday darajaga tuşirilganini bayoni böyiça yana bir maktub kelib tuşdi. Zohidjon ismli muxlis özining kinoyalar bilan töldirilgan nomasiga «Kelinglar, yozgi ta'tilni kuzga köçiraylik...» sarlavhasini qöygan.

Rostdan ham yozgi ta'tilni kuzga köçiriş kerak. Ta'lim tizimimiz ança samarali natija bera boşlaydi...

Hay, hay, şoşmang, oz-moz öqib, "Bu odam aqldan ozibdi, yozgi issiqda öqiş ahmoqlik", demang. Men ham ta'tilni kuzga köçiriş istiqbollari töğrisida fikr yuritmoqçi emasman.

Sobiq ittifoq davrida ahvol juda açinarli bölgan ekan. Hatto boşlanğiç sinf öquvçilari ham darsni bir çekkaga surib, paxta terişgan ekan…

Mayli, sal uzoqroqdan boşlaymiz. Yozning jazirama issiq kunlaridan birida qişloq maktabida işlaydigan öqituvçi tanişimni uçratib qoldim. Hol-ahvol söraganday böldim. Tilim qursin, "yöl bölsin" debman. Javobidan tilimni tişlagudek bölib, yoqa uşladim.

-  Qurt tergani ketayapmiz.

Obbo, tinib-tinçimagan odamlar, nimalarni öylab topişmaydi a?

Xudoning balosi kelsa, qiyin ekan. Paxta kösaklariga ham qurt tuşibdi! Unga qarşi javlon urib kuraşadigan agranomlar, tuman laboratoriyasi xodimlari qandaydir tadbirlar bilan band bölib, "qoğoz töldirib", özlari hal qila olmagan işlarni öqituvçilar ixtiyoriga qoldirişibdi. Muammo oson hal etilgan: öqituvçilar dalaga borib, yeng şimarib qurt tuşgan kösaklarni teradi! Ha-da! Byudjyetimizning katta qismi öşalarga ketmoqda. Ta'tilda dam olişni kim qöyibdi u zanğarlarga!

Bahorda esa boşqa bir öqituvçi "maktabimiz uçun 4 quti ipak qurti berişdi, öşani boqiş uçun Ahmad akaga pul yiğib berdik. Baraka topgur, özi boqyapti. Ötgan yili dalaga çiqib, tut bargi izlab sarson bölgandik...", degandi.

Öz opam esa "Paxta çopiqqa çiqyapmiz, u tomonlarda aholi kam yaşarkan, paxta çopgani heç kim bormayapti. Şunga bizni guruhlarga bölib yuborişmoqda. 5 kun öşa yerda qolib, paxta çopdik", deya hasrat qilgandi.

Bu hali holvasi. Xöjalik mudirining hikoyasini tinglay turib, içayotgan çoyimni yuta olmay qoldim. Uning aytişiça, buğdoy böyiça tuman rejasi tölmabdi. Öqituvçilar pul yiğib berişibdi!

Yana bir voqeani köring: Qanday yaxşi! Toşkent-vodiy yönalişida yangi poyezd yölga qöyildi. Birinçi reysda davlat va jamoat arboblari ilk faxriy yölovçilar sifatida poyezdga minişadi. Yurt rivojlanganida bu. Lekin, faxriy yölovçilarga tumanni şu ahvolida körsatib böladimi?! Tumandan buyruq keladi: Hamma öqituvçilar temir yöl atrofini tozalaşga!