Angliya çempionatining 35-turida «Liverpul» «Uotford» mehmoni bölib, safardan ğalaba bilan qaytdi. Uçraşuvdagi yagona golni birinçi bölim söngida Emre Jan Papen usulida urdi.
Uşbu ğalabadan söng mersisaydliklar jamoasi oçkolari sonini 69taga yetkazdi va uçinçi örinda mustahkamlandi. Törtinçi örindagi «Mançester Siti»da 66 oçko va zaxiradagi bitta öyin bor. «Uotford» esa 40 oçko bilan 13-örinda bormoqda.
Keyingi turda, 6 may kuni «Uotford» «Lester» maydoniga safar qiladi, «Liverpul» 7 may kuni «Sauthempton»ni qabul qiladi.
Uotford – Liverpul 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Jan.
Uotford – Gomes, Mariappa, Predl, Britos (Kabasele, 19), Amrabat (Okaka Çuka, 85), Kapu (Saksess, 73), Dukure, Kleverli, Yanmat, Dini, Nyang.
Liverpul – Minole, Klayn, Matip, Lovren, Milner, Jan, Leyva, Veynaldum, Firmino, Origi (Starrij, 84), Koutino (Lallana, 13; Klavan, 87).
Ogohlantirişlar: Leyva (44), Predl (48), Kapu (69), Saksess (90).

















