Ozarboyjon poytaxti Boku şahri mezbonlik qilayotgan IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning uçinçi kungi musobaqalari davom etayotgan vaqtda Özbekiston delegatsiyasi bitta oltin, bitta kumuş va 6ta bronza medal olgan holda 54 davlat orasida yettinçi örinda joylaşib turibdi.
Turnir jadvalida Ozarboyjon (11-9-3) va Turkiya (10-8-10) yetakçilik qilmoqda. Kuçli öntalikda Özbekistondan oldingi poğonalarda Indoneziya, Jazoir, Eron va Iordaniya termalari joylaşgan, Misr, Pokiston va Bangladeş öntalikni yakunlab bergan.

12 may kuni boşlangan turnir 22 mayga qadar davom etadi.
Islom hamjihatlik öyinlari sportning 21ta turini öz içiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakraş, suziş, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, uşu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kuraşi, erkin kuraş, öq otiş, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va oğir atletika.
Özbekiston uşbu turnirga 100dan ziyod sportçisini yuborgan, bu özbekistonliklar turnirda birinçi marta iştirok etişi böladi.
Ular sportning 15ta turida Özbekiston şarafini himoya qilişmoqda: yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kuraşi, karate, taekvondo, oğir atletika, boks, handbol, öq otiş, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo.

















