Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari işlab çiqariş va joriy etişni yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi Savdo-sanoat palatasi saytida joylaştirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
“Urgut” EIZ hududida xitoylik biogaz qurilmalari işlab çiqariş va servis xizmati körsatiş böyiça yetakçi işlab çiqaruvçilar bilan qöşma korxona taşkil etiş rejalaştirilayotir. Buning uçun “Agrobank” ATB salohiyatli xitoylik hamkorlar bilan muzokaralarni tugallaşi, vakolatli idoralar bilan QKni joylaştiriş uçun maydonni belgilaşi, şuningdek uning taşkil etilişi va davlat röyxatidan ötkazilişini (1.11.2017 yilgaça) ta'minlaşi darkor.

Loyihaga ilova  qilinayotgan 2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari işlab çiqariş va joriy etişni yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari dasturi quyidagilarni öz içiga oladi:

•  normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş, xususan, amaldagi GOSTlarni qayta körib çiqiş, fermer xöjaliklarida qurilmalar qurilişi böyiça namunaviy loyihalarni işlab çiqiş;

•  biogaz qurilmalari, asbob-uskunalar va ularga butlovçi buyumlarni işlab çiqarişlarni taşkil etiş va kengaytiriş;

•  biogaz qurilmalari işlab çiqariş va joriy etişni rağbatlantiriş, masalan, biogaz qurilmalari sotib oliş uçun MB qayta moliyalaştiriş stavkasidan yuqori bölmagan stavkada uzoq muddatli (7 yilgaça) imtiyozli maqsadli iste'mol kreditlari ajratiş, ularni işlab çiqariş uçun foydalaniladigan, bojxona tölovlaridan ozod qilinadigan asbob-uskunalar va butlovçi buyumlar röyxatini işlab çiqiş va h.k.

Körsatilgan 3 yillik davrda mamlakatning 726 yirik çorvaçilik va parrandaçilik xöjaliklarida biogaz qurilmalarini joriy qiliş nazarda tutilmoqda.

Loyiha muhokama bosqiçida bölib, özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.