Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi taşkil etilişi Xitoyning Kaşmir masalasidagi pozitsiyasini anglatmaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Çunin Hindiston Pekindagi «Bir makon, bir yöl» xalqaro forumida iştirok etmaslikka qaror qilganiga munosabatini bildira turib aytib ötdi.
Hindiston tomoni Nyu-Dehli va Islomobod örtasida bahs mavzusiga aylangan va Pekin taklif etayotgan loyihaning bir qismi bölgan Gilgit-Baltiston hududidan ötuvçi Xitoy—Pokiston iqtisodiy yölagiga qarşi ekani tufayli forumda iştirok etişdan boş tortgandi. Bu hudud tarixan Kaşmir tarkibida bölgan, ayni vaqtda Pokiston tarkibida hisoblanadi, Hindiston esa uni öz hududi deb hisoblaydi.
«Rais Si Jinping forum vaqtida «Bir makon, bir yöl» taşabbusi - tinçlik va quriliş yöli ekanini ta'kidladi. Barça davlatlar bir-birining suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini hurmat qilişi, şuningdek, manfaatlarini hamda taşvişlarini hisobga oladi», degan Xua Çunin. U Xitoy Hindistonni Kaşmir masalasida nimalar taşvişlantirişini yaxşi tuşunişini qayd etgan.
«Birlaştiruvçi loyihalar suverenitet va hududiy yaxlitlik hurmat qilingan holda amalga oşirilişi lozim. Heç bir mamlakat ular inkor etilgan loyihalarda iştirok etişga qöşilmaydi», — deya ta'kidlagandi Hindiston TIV vakili.
Xitoy TIV vakili qayd etişiça, bu loyihaning amalga oşirilişi Pekinning Kaşmir masalasidagi pozitsiyasini anglatmaydi.
«Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi «Bir makon, bir yöl» loyihasining muhim qismi hisoblanadi. Şu bilan birgalikda bu loyiha Xitoyning Kaşmir masalasidagi pozitsiyasi ifodasi emas. Hindistonning «Bir makon, bir yöl» forumiga kelmaganini töğri tuşunamiz. Xitoy tomoni Hindistonning tanlovini hurmat qiladi», degan u.
Xua Çunin şuningdek, Hindiston TIV vakilining Pekinni teng muloqotga çaqirişiga munosabat bildirgan.
Xitoy rahbari Si Jinping «Davlatlar bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, ijtimoiy taraqqiyot yöli, tub manfaatlari va taşvişlarini hurmat qilişi zarur»ligini ma'lum qilgan.
«Hindiston tomoni «ma'noli» muloqot ötkazilişiga umid bildirgan, ular Xitoy tomonidan ijobiy javob kutişmoqda. Xitoy Hindiston TIV vakilining bu bayonotini tuşunmadi. Hindiston qanday ijobiy reaksiya kutmoqda?», degan xitoyliklar rasmiysi. U Xitoy Hindiston «Bir makon, bir yöl» taşabbusiga qöşilişini har qaçon ham yaxşi qarşi olişini qöşimça qilib ötgan.

















