17 may kuni Xalq deputatlari Izboskan tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi va unda taşkiliy masala körildi.

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berişiça, viloyat hokimi iştirokidagi yiğilişda tumanga yangi hokim tayinlangan. Viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov yiğilganlarga şu vaqtgaça öziga qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosar sifatida faoliyat körsatib kelgan Akmaljon Jalolov Nasriddinoviçni tumanning yangi hokimi sifatida taniştirgan.

U joriy haftada Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vaziri Zoyir Toiroviç Mirzayev rahbarligidagi işçi guruhning Farğona vodiysidagi safari davomida qişloq xöjaligi sohasida yöl qöyilgan kamçiliklar tufayli Izboskan tumani hokimligidan işdan olingan Uluğbek Rahimovning örnini egalladi. Uluğbek Odaşeviç Rahimov tuman hokimligiga şu yilning yanvar oyi oxirida tayinlangandi.

Akmaljon Jalolov 1974 yilda Izboskan tumanida tuğilgan, 1997 yilda Andijon qişloq xöjaligi institutini tamomlagan. U 1992 yilda mehnat faoliyatini Andijon viloyati Poytuğ paxta tozalaş zavodida oddiy işçi sifatida boşlagan, 1997 yilda institutni bitirgaç, turli yillarda "Andijonsuvquriliş" AJ birlaşmasida turli lavozimlarda işlagan, 2006-2008 yillarda Özbekiston quriliş va quriliş aşyolari sanoati xodimlari kasaba uyuşmasi Markaziy kengaşi Andijon viloyati vakili, 2008-2010 yillarda Andijon viloyati hokimining kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik va obodonlaştiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2010-2016 yillarda Andijon viloyati Oltinköl tumani hokimi lavozimlarida faoliyat körsatgan.