Özbekiston delegatsiyasi «Islom birdamlik öyinlari»ni 63 ta medal bilan kuçli törtlikda yakunladi

12-22 may kunlari davomida Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida bölib ötgan «Islom birdamlik öyinlari» yakunlandi.

Aholisining katta qismini islom diniga e'tiqod qiluvçi kişilar taşkil qiluvçi mamlakatlar örtasidagi Olimpiadada özbekistonlik sportçilar jami 63ta medal olişdi. Bu hisob böyiça törtinçi bor ötkazilayotgan musobaqada Özbekiston ilk bor iştirok etişi böldi.

Qölga kiritilgan medallarning 15tasi oltin, 17tasi kumuş, 31tasi bronza böldi. Natijada Özbekiston delegatsiyasi 54 mamlakat sportçilari iştirok etgan festivalni 4-örinda yakunladi. Kuçli uçlikni Ozarboyjon, Turkiya va Eron töldirdi.

Qayd etiş kerakki, 4 yillikning yirik musobaqalarida medallar jamğariş böyiça Boku-2017 turnirida Özbekiston delegatsiyasi tarixidagi eng yaxşi natijani qayd etdi.

Toşkentda turnirda iştirok etib qaytgan sportçilarni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Turnirda eng yaxşi natijani kutilganidek boksçilar terma jamoasi qayd etdi. Özbekiston boks termasi 3ta oltin va 2ta bronza olib, sifat borasida ustunlik körsatişdi. Quyida qaysi sport vakillari qanday medallar bilan qaytişgani keltirilgan.

Oltin medallar
 

Aliyor Noraliyev finalda kuçli raqibini savalamoqda
Foto: Nodirxöja Yuldaşev

Boks
Abdulhay Şorahmatov (56 kg)
Bobo-Usmon Boturov (64 kg)
Aliyor Noraliyev (69 kg)

Karate
Sadriddin Saytmatov (60 kg)