Facebook’dagi «Voditeli Taşkenta» guruhida videoxabar qoldirildi. Unda ayol özini maşina tagiga taşlaşga uringani tasvirlangan.

Xabarda yozilişiça, kiçik halqa yölining Şota Rustaveli köçasi bilan kesişmasi yaqinida bir ayol özini maşina tagiga taşlaşga uringan. Yölga yugurib çiqqan ayolni urib yuborişiga bir baxya qolgan avtomobilda örnatilgan videoregistrator voqeani tasvirga olgan.

Avtomobil tezligi yuqori bölmagani tufayli haydovçi vaqtida töxtagan va fojianing oldi olingan.

Videoda yölga yugurib çiqqan ayol asabiy holatda ekani va haydovçiga qarata «Böl!», deya baqirganini köriş mumkin. Şundan söng ayol qöşni polosaga ötib ketgan.

Qayd etiş kerakki, bu hafta içida şunday holat ikkinçi marta yuz berişidir.

21 may kuni Amir Temur köçasining Toşkent teleminorasi yaqinidan ötgan qismida bir ayol özini maşina ostiga taşlaşga uringani aks etgan videoyozuv tarqalgandi. 

Unda şaxsi noaniqligiça qolgan piyoda ğarazli maqsadda yaqinlaşib kelayotgan avtomobil yöliga yotib olgani yaqqol körinadi. Haydovçi epçillik qilib avtomobilni töxtatgan. Buni körgan piyoda heç narsa bölmagandek, joyidan turgan va yöl çetiga çiqib ketgan.