Toşkentdagi Mustaqillik şoh köçasida şanba kuni harakatlaniş polosalarini ajratib turuvçi metall tösiqlarning katta qismi olib taşlandi. Işlarga katta hajmda texnika va kommunal xizmatlar xodimlari jalb etildi.
Aynan şu xizmatlar 2015 yilning yozi va kuzida önlab kilometr tösiqlarni quriş bilan band edi, öşanda Özbekiston poytaxti Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitini ötkazişga tayyorgarlik körayotgandi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tösiqlar hozirça faqat Mustaqillik şoh köçasida olib taşlanmoqda hamda bu yöl harakati xavfsizligini oşirişga yönaltirilgan.



































