Olmaxonlar AQŞ harbiy-havo kuçlari (HHK) veterani hovlisidagi bir neça kiçik bayroqçalarni öğirlab ketişdi, deb yozadi UPI. Uy egasi bu yöqotişdan darğazab bölgan va ularning qayerga ğoyib bölgani borasida öylanib qolgan. Şunda qöşnisi olmaxonlarning "qilmişi" tasvirlangan videoni körsatgan.
Sobiq harbiy Jyennifer Nortemning qizi öğirlik inson tomonidan amalga oşirilmaganini bilgaç, otasining köngli taskin topganini aytgan. "Nima deb öylaşni ham bilmay qoldik, çunki bu joyga endigina köçib kelgandik", - deya izoh berdi u. Oila "öğrilarning qilmişi" ustidan kulgan.
Rolikni tasvirga olgan qöşnisi Devin Rivera-Dyukning sözlariga köra, olmaxonlar umumiy hisobda 10 ta bayroqçani öğirlib ketgan. Jonivorlar ulardan daraxt şoxlarida in qurişgan.
















