Özbekiston va Afğoniston 2017 yil oxiriga qadar özaro mahsulot ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga (hozirda 0,4 milliard dollar - tahr.) yetkazişni rejalaştirgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ğaniyev ikki mamlakatning ŞHT sammiti doirasidagi uçraşuvlaridan keyin ma'lum qilgan.

Vazirning qayd etişiça, ikki davlat prezidentlari har yili Özbekistondan Afğonistonga 300 ming tonna mineral öğit, 2 ming dona qişloq xöjalik texnikasi, 250 ming tonna buğdoy hamda qöşni mamlakat talabidagi boşqa mahsulotlarni yetkazib berişga kelişib olişgan.

«Bugungi kunda özaro savdo aylanmasi hajmini yiliga kamida 1 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar bor», – deya qayd etgan Ğaniyev.

Vazirning aytişiça, Şavkat Mirziyoyev va Aşraf Ğani Mozori Şarif–Şibirğon–Maymana–Hirot yönalişi böyiça temir yölni loyihalaştiriş va quriş işlarini tezroq boşlaş zarurligini qayd etişgan.

Uning ma'lumot berişiça, uşbu temir yöl qurilişi mamlakat şimoli-ğarbida iqtisodiy yölak yaratiş imkonini beradi.

Elyor Ğaniyev Özbekiston va Afğoniston ikki davlat örtasida savdo va tranzit sohasida hamkorlik qiliş töğrisida bitimni tayyorlamoqda. Bu hujjat ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasi hajmini oşirişga qaratilgan.

Özbekiston Afğonistonda yirik loyihalarni amalga oşirmoqçi

2017 yil yanvar oyida Özbekiston va Afğoniston vakillari tomonidan Kobulda taşqi savdoni 1,5 milliard dollarga yetkaziş böyiça «yöl xaritasi» qabul qilingan edi. Özbekiston TIV ma'lumotiga köra, 2016 yil yanvar-oktabr oylarida ikki davlat örtasida özaro savdo aylanmasi hajmi 429 million dollarni taşkil etgan. 

Özbekiston va Afğonistonning iqtisodiy hamkorligi «Savdo-iqtisodiy munosabatlar töğrisida», «Temiryöl transporti sohasidagi hamkorlik töğrisida», «Xalqaro transport yönalişlari haqida» va «Tranzit va transport sohasidagi hamkorlik töğrirsida» kabi şartnomalar asosida taşkil etilgan.

Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral öğitlar eksport qilmoqda. Quriliş, energetika, toğ-kon sanoati va ta'lim sohalaridagi loyihalarni amalga oşirişda iştirok etib kelmoqda. «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Şarifgaça temir yöl liniyasi qurilgan. Mamlakatimiz kömagi bilan Afğonistonda köpriklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta'minoti tarmoği barpo etilgan.