Özbekiston mobil operatorlari 2018 yilning 1 iyulidan boşlab milliy valyutada tariflar örnatadi va hisob-kitoblarni amalga oşiradi. Mobil operatorlar faoliyatining yangi qoidalari Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Tariflarni örnatişda va körsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uçun hisob-kitoblarni amalga oşirişda, xorijiy valyutadan, şuningdek, xorijiy valyutadagi tölov hujjatlaridan foydalanişga qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda, tartib va şartlarda yöl qöyiladi. 2018 yil 1 iyuldan tariflarni örnatiş va körsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari uçun hisob-kitoblarni amalga oşiriş Özbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oşiriladi.
Yangi qoidalar bilan şartnoma bekor qilinganida pul mablağlarini qaytariş imkoniyati ham nazarda tutilgan. Operator abonentga işlatilmagan mablağlar qoldiğini 15 kun davomida qaytarib berişga majbur.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari 2017 yil oxiriga qadar mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar xizmatlarini milliy valyutada narxlaşga ötkaziş böyiça qaror işlab çiqilişi haqida ma'lum qilgandi. «Ötiş jarayonining özi katta mablağlarni talab qiladi, bu arzonga tuşadigan tadbir emas. Biroq, Harakatlar strategiyasiga köra, hamma milliy valyutada narxlaşga ötadi: mobil operatorlar ham, internet-provayderlar ham. Qaror şu yil oxirigaça işlab çiqiladi va kelgusi yildan amalga oşirila boşlaydi», — deya qayd etgan Umidjon A'lamov.













