2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 23:00 larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Olmazor tumani hududida joylaşgan xonadonda Aleksandr Aleksandroviç Nasakin va Rustam Ilhomjonoviç Karimovlar «opiy» giyohvand moddasini iste'mol qiliş uçun bangixona taşkil qilişganliklari aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Xonadonni közdan keçiriş davomida 0,52 gramm «opiy» giyohvand moddasi, şpritslar va giyohvandlik moddasini iste'mol qiliş uçun asbob-uskunalar olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, bunday vositalarni iste'mol qiliş uçun bangixonalar taşkil qiliş va saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Nasakin va Karimovlarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.