Samarqand viloyat perinatal markazida tibbiy kislorod işlab çiqariş mini zavodi va endoginekologiya öquv markazi taşkil etilganligi munosabat bilan tadbir ötkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova, Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti boşqaruvi raisi Tanya Gyonner, Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Neythart Hyofer va boşqalar sözga çiqib, ikki davlat örtasida döstona hamkorlik aloqalari doirasida amalga oşirilayotgan islohotlarga alohida e'tibor qaratişdi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida olib borilayotgan hamkorlik ijobiy natijalar berayotganligi e'tirof etildi. Hamkorlik doirasida viloyat perinatal markazida amalga oşirilgan işlar buning yorqin isboti ekanligi ta'kidlandi.

— Markazimizda bemorlarga bir yillik dori-darmon uçun 300 million söm mablağ ajratiladi, — deydi viloyat perinatal markazi rahbari B. Jumanov. — Şundan tibbiy kislorodga bölgan ehtiyojni qondiriş va uni taşib keliş uçun 160 million söm mablağ sarflanadi. Zarur dori-darmon uçun 140 million söm mablağ qolardi, xolos. Bu bir yilda örtaça 7000 ta tuğruq kuzatiladigan markazda bir munça qiyinçiliklarni tuğdirardi. Tibbiy kislorod işlab çiqariş mini zavodining işga tuşişi har bir tuğruq uçun örtaça 43 ming sömdan dori-darmonga mablağ ajratiş imkonini beradi.  

Mazkur işlab çiqariş generatorining umumiy qiymati 90 ming yevroga teng bölib, uskuna Belgiyada işlab çiqarilgan. Örta Osiyoda yagona bölgan mazkur kislorod işlab çiqariş mini zavodi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti kömagida taşkil etildi.

Şuningdek, markazda taşkillaştirilgan endoginekologiya öquv markazi Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti kömagida sotib olingan ikkita «KARL STORZ» laproskopik trenajyorlari va zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi. Bu esa soha xodimlarining endovizual sohasidagi malakasini oşirişga xizmat qiladi.