Muqobil transport koridorlarining oçilişi, xususan janubiy yönalişda Transafğon transport koridorining yölga qöyilişi Özbekistonga katta iqtisodiy imkoniyatlar oçib berişi mumkin. Xalqaro Press-klubning navbatdagi yiğilişida Oliy Majlis Senat raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev şu mavzuga alohida töxtaldi. "Kun.uz" muxbiri şu haqida xabar berdi.
"Afğonistondagi tinçlik birinçi navbatda u yerda olib borilayotgan bunyodkorona işlar bilan boğliq. Xitoylik hamkorlar bilan ham gaplaşganda, ular ham qayerda yirik loyihalar amalga oşirilayotgan bölsa, öşa yer tinç böladi deb aytişmoqda.
Afğonistondagi tinçlik Özbekistongga nima uçun kerak? Avvalo, bu portlarga çiqiş uçun katta imkoniyat. Bugungi kunda temir yöllar tizimi şunday joylaşganki, Özbekistondan birinçi portlarga boriş uçun 20-22 kun kerak böladi. Başarti, Transafğon yölaklari oçilib, Ummon, Fors körfazi, Pokistondagi portlarga temir yöl ötadigan bölsa, bunga atigi 1-2 kun ketadi. 20 kun qayerda-yu, 2 kun qayerda?! Bu biz uçun juda katta imkoniyat, albatta, deya ta'kidladi Safoyev.
"Bundan taşqari, Afğoniston - juda katta bozor. Bejizga Özbekiston Afğoniston böyiça şaxsiy vakilini ta'sis etmadi. Uning asosiy vazifasi - Özbekistonning tegişli idora va taşkilotlari e'tiborini Afğonistondagi loyihalarni amalga oşirişga qaratiş va ikki mamlakat örtasidagi savdoni sifat va miqdor jihatidan yangi poğonaga kötariş.
10-12 yil oldin Özbekistonning Afğoniston bilan savdo almaşinuvi nolga teng edi. Bugun u yarim milliarddan oşib bormoqda, hozir bu körsatkiçni 1,5 milliardga kötariş rejalaştirilgan. Demak, Afğoniston Özbekiston uçun katta imkoniyatlar manbai hisoblanadi", - qöşimça qildi spiker.

















