Rossiyaning Tu-95MS strategik raketa taşuvçi samolyotlari Suriyadagi Hama va Homs viloyatlari hududidagi IŞID jangarilari obektlariga zarbalar yölladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bu hujum natijasida terrorçilarning 3ta yirik omborxonasi hamda Akerbat şahridagi boşqaruv punkti yöq qilingan. Samolyotlar nişonlarga X-101 rusumli qanotli raketalar yöllagan. Bunday qurol nişonni butunlay yöq qila oladi.
Qayd etilişiça, amaliyotda iştirok etgan samolyotlar Engels aerodromidan uçgan. Ularni Hmeymim aerodromidan kötarilgan Su-30SM va Su-35S qiruvçi samolyotlari qöriqlagan.
X-101 – Rossiyaning yangi strategik qanotli raketasi bölib, nişonni 4,5 ming kilometrdan ham yöq qila oladi.
Suriyada ruslar X-101 raketalarini ilk bor 2015 yilning noyabrida qöllagandi. Tu-95MS samolyotida bunday raketalardan 8ta böladi.


















