Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi delegatsiyasi 10-11 iyul kunlari Abidjan şahrida (Kot-d`Ivuar Respublikasi) Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 44-sessiyasida iştirok etadi.

TIV matbuot xizmati xabariga köra, sessiyada 2016-2017 yillardagi Özbekistonning IHT TIVKdagi raisligi yakunlarini körib çiqiş, taşkilot faoliyatiga oid qator masalalarni muhokama qiliş va siyosiy, huquqiy, taşkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalar böyiça qarorlar qabul qiliş rejalaştirilgan.

2016 yil 18 oktabrda Şavkat Mirziyoyevning IHT TIVKning Toşkentda bölib ötgan 43-sessiyasida sözlagan ma'ruzasida ilgari surilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş uçun «Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi töğrisida» va «Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça islom taşkilotining (ISESCO) Maxsus kafedrasini Toşkent islom universiteti tarkibida taşkil etiş töğrisida»gi maxsus rezolyutsiyalarning qabul qilinişi kutilmoqda.

TIVKning 44-sessiyada raislik Özbekiston Respublikasidan Kot-d`Ivuar Respublikasiga rasman ötadi.