Xalqaro Press klubning sönggi sessiyasida jurnalistlardan biri senatorlarga qiziq savol bilan murojaat qildi: "Fransiyaning har bir fuqarosi Senatga kelib, şu yerning özida senatorlar bilan uçraşiş huquqiga ega. Fuqaro ularga özini qiziqtirgan savolni berib, javob olişi mumkin. Odamlar senatorlar qabulga yozilib, muammosini hal qiliş imkoniga ega bölsa. Özbekistonda şunday tajribani joriy qiliş mumkinmi?"
"Bizda bunday tajriba yöqmi?", deya taajjublandi Senat raisi örinbosari S.Ortiqova. - Agar Senatga kelmoqçi bölsangiz, uning eşiklari doimo oçiq. Xoh senator bölsin, xoh uning örinbosari - uçraşişingiz mumkin. Kelişingizni aytib qöying, biz sizni qabul qilamiz va savolingizga javob beramiz.

Bugungi kunda biz hatto qonunçilikni kiritayotganda ularni hayotda qöllaydigan mutaxassislarni ham ekspert sifatida taklif qilyapmiz.
Bizda şunday tajriba bor - maktab, litsey, kollej va OTMlarda tahsil oluvçilar Senatga kelib, uning faoliyati bilan tanişişadi. Nafaqat Senatda! Bizning senatorlar viloyatlarda, joylarda bölganda ham ularning maydonida yoşlar bilan uçraşişadi".
"Fransiya yaxşi, albatta, lekin bizda ham yomon emas", - deya qöşimça qildi Xalqaro Press-klub moderatori.
















