Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ro‘yxati e'lon qilindi

Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi yo‘lak plitalarini ishlab chiqarish bo‘yicha angarda ro‘y bergan yong‘in tufayli halok bo‘lgan yetti insonning ismi ma'lum qilindi.
Nation News’ning xabar berishicha, yong‘in oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan: Ro‘zmat X., Sirotjon X., Ilyos A., Yunus S., Shahzod K., Zoir A., O‘tkirbek A. Ularning bari "Everest" MChJda ishlab, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyulga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metal angarda umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bo‘lgan yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in qoldiqlarini ajratish paytida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 jasad topilgan.
O‘zbekiston TIV topshirig‘iga binoan voqeaning butun tafsilotlarini va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburgga uchib ketishgan.
Mavzuga oid
12:08 / 12.02.2026
Sergelida chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi
09:23 / 12.02.2026
Toshkentda savdo majmuasi tomida tutun: evakuatsiya amalga oshirildi
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
19:18 / 06.02.2026