1997-2007 yillarda Buyuk Britaniya hukumatiga rahbarlik qilgan leyboristlar partiyasining eng muvaffaqiyatli boş vaziri Toni Bler Birlaşgan Qirollikning YeI tarkibidan çiqişiga doir fikrlarini bildirdi. Uning fikriça, bu jarayonni töxtatiş kerak. U Sky News telekanaliga bergan intervyusida şunday bayonot berdi. Suhbat 16 iyul kuni Sophy Ridge on Sunday körsatuvida töliq namoyiş etiladi.
"Hozirda Brexit’ga yöl qöymaslik mumkin, deb öylayman. Men YeI tarkibidan çiqiş amalga oşmasligi kerak, deb hisoblayman. Çunki u ham iqtisodiy va siyosiy nuqtainazardan zarar yetkazadi", - deb qayd etgan sobiq boş vazir.
Uning sözlariga köra, bugungi kun jamoatçilik fikri hamjamiyatda qoliş tomon özgarmoqda. Bunga iqtisodiyotdagi özgarişlar sabab bölayapti. "Ötgan yilnng şu davrida G7 davlatlari iqtisodiyotida eng yuqori ösiş körsatkiçi bizga tegişli edi. Endilikda, bizlarning jamğarmalardagi uluşimiz 50 yil içidagi eng past körsatkiçda. Xalqaro investitsiya hamjamiyati haqiqatdan ham bizga salbiy yondaşa boşladi. Masalan, avtomobilsozlik sanoatiga kiritilayotgan sarmoyalar 30 foizga qisqardi. Insonlar turmuşida turğunlik közga taşlanmoqda", - degan Bler.
Toni Bler uç marotaba - 1997, 2001 va 2005 yillarda Leyboristlar partiyasini işonçli ğalabaga yetaklagan. U har doim Birlaşgan Qirollikning Yevrointegratsiya tarafdori bölib kelgan va mamlakatning YeIga a'zoligini qayta körib çiqiş böyiça Konservatorlar partiyasining referendum ötkazişga doir har qanday urinişini rad etgan. Bu referendum ötgan yil iyun oyida ötkazildi va 51,9 foizga 48,1 foiz nisbatida yevroskeptiklar foydasiga hal böldi.
Şu yilning mart oyi oxirida amaldagi boş vazir Tereza Mey YeI Lissabon şartnomasining 50-moddasini kuçga kiritdi. Şu bilan mamlakatning YeI tarkibida çiqiş böyiça 2 yillik, rasman ortga qaytarib bölmaydigan jarayonga start berildi. Biroq, Bryussel tomoni Buyuk Britaniya istasa ittifoqda qolişi mumkinligini bildirdi.

















