Jazoni ötaşdan böyin tovlab yurgan şaxs Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Xöjayli tuman IIB HPB Jazoni ijro etiş inspeksiyasi xodimlari tomonidan jazoni ijro etiş muassasasiga qaytarildi. Bu haqda Kun.uzga IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 14 martdagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida haftaning har payşanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilangan va uşbu kunlari joylarda sayyor sudlar taşkil etilib, muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimizda inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, şunga köra ayrim turdagi jinoyatlar böyiça şaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolarni qöllaş orqali ularni soğlom turmuş tarziga qaytiriş amaliyoti keng qöllanilmoqda.
Bu turdagi jazoni ötayotgan mahkumlar öz oilasining bağrida halol mehnat qilib, sodir etgan jinoyatidan öziga töğri xulosa qilib, jamiyat uçun foydali mehnat orqali jamiyatning soğlom kişisiga aylaniş imkonidan foydalanmoqda. Ammo, ayrim şaxslar yaratilgan bunday imkoniyatdan suiiste'mol qilgan holda tayinlangan jazoni ötaşdan böyin tovlab, jazoni ijro etiş muassasasiga qaytarilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumani IIB Jazoni ijro etiş inspeksiyasi hisobida turgan, hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan şart-şaroitlardan öziga töğri xulosa çiqarmay axloq tuzatiş işlari jazosini ötaşdan böyin tovlab yurgan Payzullayev Paraxat Urinbayeviçning ötalmay qolgan 1 yil 9 oy 18 kun axloq tuzatiş işlari jazosi ozodlikdan mahrum etiş jazosiga almaştirildi.

Şuningdek, örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bölgan Xöjayli tumani IIB Jazoni ijro etiş inspeksiyasi hisobida turgan Abdullayev Ergaş Ametoviç ötalmay qolgan 10 oy 28 kun axloq tuzatiş işlari jazosidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etildi.

















