«London-2017 Para-atletika» jahon çempionatida Özbekiston delegatsiyasi jami 7ta medalni qölga kiritib, bitta jahon va bitta Osiyo rekordlarini yangiladi.
10 kun davom etgan «London-2017» jahon çempionatida 7 nafar özbekistonlik sportçi iştirok etdi va 7ta medalni qölga kiritişdi.
23 iyul kuni bölib ötgan bahslarda ayollar örtasida yadro otiş sport turidan Sofiya Burxonova 14.76 m, hamda erkaklar örtasida yadro uloqtiriş musobaqalarida Husniddin Norbekov 14.87 m natija bilan kumuş medallarni qölga kiritib, Özbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 medal yozib qöydi.
Eslatib ötamiz, 10 kun davom etgan London-2017 jahon çempionatida nayza otiş sport turi böyiça Aleksandr Sveçnikov oltin, uzunlikka sakraş bahslarida Doniyor Soliyev oltin, disk otiş sport turida Husniddin Norbekov oltin, nayza otiş sport turida Nozima Qayumova kumuş, yadro uloqtiriş va disk otiş musobaqalarida Sofiya Burxonova 2ta kumuş, yadro uloqtiriş bahslarida Norbekov Husniddin kumuş medallarni qölga kiritgan.

London—2017 da 1050 sportçi 213 ta medal uçun kuraş olib bordi.
Özbekiston delegatsiyasi Toşkentga 26 iyul kuni ertalab — soat 8:25 da yetib keladi.

















